IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlariga yaqindan amaliy va metodik yordam ko‘rsatish bilan birga aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Targ‘ibot-tashviqot
guruhining faoliyati ham ayni shu yo‘nalishga qaratilgan. Mahalla kesimida tashkil
etilayotgan uchrashuvlar davomida IIV Akademiya professor-o‘qituvchilari hududdagi
profilaktika inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ichki
ishlar organlari tizimidagi islohotlar asosida aholi bilan maqsadli ishlash tizimlarini
joriy etish barobarida, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning ahvoli, ularni keltirib
chiqarayotgan sabablar va imkon berayotgan shart-sharoitlar, aholining turli qatlam
vakillari, ayniqsa yoshlar va ayollarni qiynayotgan muammolar ham ilmiy-amaliy jihatdan
o‘rganilmoqda.
Ko‘rsatilayotgan amaliy va metodik yordam, olib borilayotgan
targ‘ibot tadbirlari davomida ichki ishlar organlarining boshqa davlat idoralari
va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga, “profilaktika
inspektorlari – yaqin ko‘makchi va hamkor” tamoyili asosida mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy
muhitni tahlil qilish, aholining ishsiz qatlamini qiynayotgan muammolar yuzasidan
muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishga ham alohida e’tibor qaratilyapti.