IIV Akademiyasi mas’ullari, chegara hududlardagi aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi
So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini chinakam xalqchil
tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda xavfsiz yashash
va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Eng quyi bo‘g‘indagi vaziyat va muammolarni chuqur o‘rganish asosida har bir mahallani
jinoyatdan xoli hududga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 13-noyabr
kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining tajribali professor - o‘qituvchilaridan
iborat ishchi guruh a’zolari va Surxondaryo viloyati IIB Termiz shahar IIB mas’ullari
bilan birgalikda shaharning “Saxovat” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
Avvalo, mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosida,
“Saxovat” mahallasi ijtimoiy profilaktika sub’eklari bilan uchrashib, ularning ish
faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hududda aholini qiynab kelayotgan muammolarning
hal etilish ahvoli o‘rganildi va bu borada tegishli amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu mahalla Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan chegaradosh
bo‘lganligi, chegara hududning masofalari hamda chegara oldi hududda istiqomat qiluvchi
fuqarolarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng mahalla raisi va mahalla faollariga aholini
tomorqalardan unumli va samarali foydalanishi, tomorqa xo‘jaliklarida issiqxonalarni
ko‘paytirish, chorvachilik va tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish
taklif va tavsiyalari bildirildi.
Ichki
ishlar vazirligi Akademiyasining tajribali professor - o‘qituvchilaridan iborat
ishchi guruhning Surxondaryodagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.