2 Noyabr 2023 yil 694

IIV Akademiyasi mas’ullari ishtirokida Surxondaryo viloyatining kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Mashg‘ulotlarda hududlarning kriminogen vaziyatiga ta’sir qilayotgan omillar, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni jilovlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mahallalarda xavfsiz muhit hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida yangicha ishlash mexanizmlarini yaratish va uni ommalashtirish, shuningdek ijtimoiy profilaktika sub’ektlari faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda ular tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

IIV Akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan sayyor master klass mashg‘ulotlar viloyatning boshqa shahar-tumanlarida ham tashkil etilmoqda.

Text to speech