IIV Akademiyasi kursantlari uchun Surxondaryo viloyati IIBda o‘quv tanishuv va ish o‘rganish amaliyoti boshlandi
Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi 1-o‘quv kursi kursantlarining o‘quv-tanishuv va 2-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyotini boshlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi va
IIV ShXBB Surxondaryoda viloyat boshqarmasi mas’ullari, kursantlar hamda ularning
ota-onalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda kursantlarga biriktirilgan murabbiylar tanishtirilib,
mas’ullar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar
berildi.
Shuningdek, o‘qish davomida o‘zining namunali xulqi va bilimi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh kursantlarning ota-onalari Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlanishdi.