IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyoti yakunlangani munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIBda “Uch avlod” uchrashuvi hamda hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini
tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB majlislar
zalida IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi kursantlari ish o‘rganish
amaliyoti bo‘yicha yakuniy sinov imtihonlari hamda “Uch avlod” uchrashuvi tashkil
etildi.
Mazkur uchrashuvda, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan
tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek
asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston
taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch
bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch
ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquq
kafedrasi dotsenti podpolkovnik Turdiev Laziz Zaripovich so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga
vazirlik akademiyasi, mutaxassislik yo‘nalishlari va bugungi kunda Akademiyada yaratilayotgan
shar-sharoitlar haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, viloyat IIB faxriylar kengashi a’zolari
so‘zga chiqishib, o‘zlarining hayot yo‘llari va mehnat faoliyatlari davomida to‘plagan
boy tajribalari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida
so‘zlashib, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar
organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish
kerakligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta
bo‘lish lozimligi haqida so‘zlashib, faxriy ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan
yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida yakuniy sinov imtihonlarida
kursantlar tomonidan amalga oshirgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi
ham o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida, viloyat ichki ishlar
organlarida o‘tkazgan ish o‘rganish amaliyoti davomida berilgan vazifalarni namunali
darajada bajarganligi, o‘zini ijobiy tomondan namoyon etib, ustoz-murabbiylarning
ishonchiga sazovor bo‘lib, amaliyot rahbari tomonidan o‘ziga yuklatilgan xizmat
vazifalarini o‘z vaqtida hamda vijdonan bajarib, namunali hulq-atvori bilan boshqa
kursdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan aurim kursantlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.