26 Iyul 2025 yil
692
IIV Akademiyasi 2-o‘quv kursi kursantlari uchun Surxondaryo viloyati IIBda o‘quv tanishuv va ish o‘rganish amaliyoti yakunlandi.
Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi 2-o‘quv kursi kursantlarining o‘quv tanishuv amaliyotini yakunlashga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi va
IIV ShXBB Surxondaryoda viloyat boshqarmasi mas’ullari va kursantlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, kursantlar o‘quv tanishuv amaliyoti davomida
olgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan suhbat tarzida sinovlar topshirishdi.
Yig‘ilish yakunida, bir qator kursantlar o‘zlarining namunali xulqi va bilimi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan kursantlar viloyat IIB rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlanishdi.