IIV 3-ishchi guruhi Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi
Joriy yilning 31 yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Ernazarov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov, Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kapitan H.Pardaevlar ishtirokida, Qumqo‘rg‘on tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun mohiyatini yetkazish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mas’ullarga murojaat qilishib, ulardan kerakli bo‘lgan ma’lumotlar olishib, o‘z taklif va fikrlarini bayon etishdi.