31 Yanvar 2023 yil 347

IIV 3-ishchi guruhi Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2023 yilning 31 yavar kuni Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Ernazarov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor Husan Nurmatovlar ishtirokida, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Sho‘rchi tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun mohiyatini yetkazish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbiri davomida, ushbu qarorning mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari qayd etildi. Shuningdek, Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Sho‘rchi tuman ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Text to speech