IIV 3-ishchi guruhi Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani ichki ishlar bo‘limida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi
2023 yilning 31 yavar kuni Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Ernazarov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor Husan Nurmatov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Qahramon Qosimovlar ishtirokida, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun mohiyatini yetkazish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etishib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.