29 Avgust 2022 yil 415

IIOlarining havaskor jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida Surxondaryo viloyati jamoasi  faxrli o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 174-son Farmoyishining ijrosi yuzasidan joriy yilning 25-27 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyida Ichki ishlar organlarining san’atda havaskor iste’dodli jamoalari o‘rtasida ko‘rik tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik tonlovda jami 16 ta jamoalar ishtirok etib, mazkur jamoalar Tanishtiruv, Vatan madhi, Erkin mavzu shartlari asosida bellashishdi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra Surxondaryo viloyati IIBning “Jayhun” havaskorlar jamoasi faxrli 2 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlov yakunida  g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov tomonidan mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech