8 Fevral 2022 yil 450

IIOlari xodimlari maxsus unvon olish uchun o'quv amaliyoti o'tashmoqda

O'zbekistan Respublikasi IIVning 2022-yil 03-fevraldagi ko'rsatmasiga asosan, ichki ishlar organlaridagi uzlyuksiz o'quv-kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlar bilan 2022-yil fevral oyida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari IIV malaka oshirish institutining bazasida an'anaviy kunduzgi shaklda, joylardagi filiallarda esa masofaviy ta'lim platformasi orqali Offlayn tizimida reja-taqsimotga muvofiq tashkil etilishi ko'rsatilgan.
Unga ko'ra, tizim xodimlari navbatdagi "kapitan" maxsus unvonini olish bo'yicha hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash o'quv kurslarida tahsil olishlari va belgilangan namunadagi sertifikatni qo'lga kiritishlari lozim.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 7 fevral kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan navbatdagi "kapitan" maxsus unvonini olish bo'yicha o'quv kurslarida hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o'tishlari uchun masofaviy, ya'ni Offlayn tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomada o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng ushbu mavzu bo'yicha umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so'rovnomalarga batafsil javob berishlari hamda o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech