7 Iyun 2022 yil
393
IIO xodimlari navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlarini boshlashdi
Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga binoan IIO xodimlari vaqti-vaqti bilan qayta tayyorlov kurslarida o‘z malakalarini oshirib borishlari lozim. Shunga ko‘ra, viloyat IIB xodimlari ham iyun oyida IIV Malaka oshirish instituti viloyat filialida masofaviy ta’lim platformasi orqali online tizimda o‘quv kurslarida tahsil olishi belgilangan.
Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval 6 iyun kuni viloyat IIB xodimlari uchun “kapitan” maxsus unvonini olish hamda malaka oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘ini oldi yo‘riqnomasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv kursi o‘tkazilishi tartib-qoidalari tushuntirildi. Mashg‘ulotlar yakunlangach, har bir xodim sertifikat olishi uchun o‘tilgan mavzular yuzasidan imtihon topshirishlari lozimligi ma’lum qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati