IIO Yosh xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati va ularning ruhiy holatini yaxshilash maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Termiz shahridagi harbiy qismga o‘qishga jalb etilgan Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida viloyat IIB faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Sharofiddinov, viloyat IIB MMI va KBTX MMIB katta inspektori kapitan B.Qurbonaliev, viloyat IIB MMI va KBTX MMIB Psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi leytenant M.Qodirovlar ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘uloti davomida, hozirgi kunda tizimda yaratib berilayotgan sharoitlar hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish, fuqarolar bilan muomala qilishning ahloqiy-etika sifatlarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Shuningdek mashg‘ulot davomida xodimlarning xizmat vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil stressli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi boshqarishning psixologik omillari, xizmat etiketi va muloqot madaniyati, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar bilan ishlash metodlari, stress va agressiv holatlarni yengillashtirishga mo‘ljallangan psixokorreksion usullar haqida tushunchalar berib o‘tildi.