28 Dekabr 2020 yil 714

IIB xodimlari uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi

Bayram yaqin, hademay xonadonlarda yangi yil dasturxoni bezaladi. Shu bois, hamma bozor taraddudida.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ham ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan soha xodimlari va ishchi xizmatchilar uchun bayram oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasini tashkil qildi. Viloyat IIB hovlisida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan meva-sabzavotlar, turli salqin ichimliklar, sut va go'sht mahsulotlari, tuxum, un, yog', shakar va boshqa turdagi mahsulotlar o'rin olgan.
- Bugun hamkasblarim bilan birga yangi yil dasturxoni uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qildim. Eng muhimi, mahsulotlar narxi arzon va sifatli. Endi bozor borib, vaqtimizni yo'qotmaymiz. Bunday qulaylikdan mamnunmiz, – deydi viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi ma'naviy-tarbiyaviy ishlar va ijtimoiy himoya bo'limi yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant Bekzod Qurbonaliev.
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarida ham tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech