IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“2024-yil
– Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati
bilan ichki ishlar organlarida bir million nafar, xususan Termiz shahar ichki ishlar
boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish,
ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash ishlarini manzilli tashkil
etish maqsadida, joriy yilning 15 may kuni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari jamoat
xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik G‘. Badalovga biriktirilgan shaharning
7 sonli maktabida tahsil olayotgan 9-10-11 sinf o‘quvchilari bilan jinoyat va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish yohud yoshlarni jinoyat qurboni bo‘lib qolmaslik mavzusida
ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlarning fikr va mulohazalari
hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan suhbat olib borildi.