5 Dekabr 2020 yil 797

IIB terma jamoasi futbolda g'olib bo'lishdi

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o'tkazildi. Bu bo'yicha viloyat "Dinamo" JTSJ Kengashi qarori ham qabul qilingan bo'lib, musobaqalar 27 noyabr kunidan 05 dekabr kuniga qadar Termiz shahar Surxon sport o'yingohida bo'lib o'tdi. Unda jami 10 ta jamoa ishtirok etdi. Keskin bahslarga boy o'tgan musobaqada viloyat IIB terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Milliy gvardiya terma jamoasi esa uchinchi o'rinni egallashdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech