21 Fevral 2023 yil 298

IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ko‘chat ekishdi

  O‘zimiz yashayotgan hududni obod qilish, yashillikka burkash xayrli amallardan biri bo‘lib, atmosfera havosining musaffoligini ham saqlaydi.   

Bugun ommaviy ravishda o‘tkazilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasidan ko‘zlangan maqsad ham shu aslida. Albatta, ushbu xayrli ishga Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Termiz shahrida joylashgan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarma binosi atrofiga turli manzarali ko‘chatlar va gullar o‘tqazildi. Bugun yaxshi niyat bilan ekilgan novdalar ertaga azim daraxtlarga aylanishi shubhasiz

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech