9 Avgust 2022 yil
390
Qidiruvdagi shaxs Termiz shahrida qo‘lga olindi
Termiz shahrida 2022 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shaharning “Shodlik” mahallasida yashovchi, Z.Zoxid (ism shariflar o‘zgartirilgan) 26 iyul kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati