11 Oktyabr 2022 yil
333
Qidiruvdagi shaxs Sherobodda qo‘lga olindi
Sherobod tumanida 2022 yil sentabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Chuqurko‘l” mahallasida yashovchi, D.Jalil 2022 yil 4 oktabr kuni tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati