23 May 2023 yil 495

Qidiruvdagi shaxs profilaktika inspektori tomonidan qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son Qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbir davomida, Qiziriq tumani “Oqjar” mahallasida yashovchi muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, hozirgi kunda qidiruvda bo‘lgan R.To‘xta (ism shariflar o‘zgartirilgan) Qiziriq tumanida yashirinib yurganligi aniqlanib, Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori kapitan V.Mengiqulov tomonidan qo‘lga olingan.

Text to speech