3 Noyabr 2022 yil 436

Qidiruvdagi shaxs aeroportda qo‘lga olindi

Muzrabot tumanida 2022 yil 23 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-modda 1-qismi va 244-1-modda 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Muzrabot tumanida yashovchi, J.Jamol (ism shariflar o‘zgartirilgan), 26 oktabr kuni Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lgan tuman IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahar xalqaro aeroportida qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech