18 Mart 2020 yil 870

Qidiruvdagi qochoq qo'lga olindi

Denov tumanida 2019 yil oktyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Termiz tumanida yashovchi A.V. 2020 yilning 14 mart kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi turizm boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida aniqlanib ushlangan va Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirilib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv yig'ma jildi tugatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech