14 May 2022 yil 465

Qidiruvdagi muzrabotlik shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi.

Sho‘rchi tumanida 2017 yil oktabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Muzrabot tumanida yashovchi, Sh.Shokir (ism sharif o‘zgartirilgan) 2022 yil 4 may kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech