20 May 2022 yil 400

Qidiruvdagi muzrabotlik shaxs Farg‘onada qo‘lga olindi

Muzrabot tumanida 2022 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, MIB viloyat boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “At-termiziy” mahallasida yashovchi, N.Nosir (ism sharif o‘zgartirilgan) 14 may kuni Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Xavfmiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech