27 Dekabr 2022 yil
373
Qidiruvdagi firibgar qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi “qamoq” qo‘llanilgan, shu tumanda yashovchi, D.Kozim (ism shariflar o‘zgartirilgan) 12 dekabr kuni viloyat IIB ShMX PPXB xodimlari tomonidan Denov tumani hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati