26 Aprel 2022 yil 418

Qidiruvda bo‘lgan denovlik shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 2021 yil 10 sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Denov tumanida yashovchi, G.Saxob (ism sharif o‘zgartirilgan) 11 aprel kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan tuman IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech