23 Fevral 2021 yil 541

ID kartalar berilishi bo'yticha targ'ibot tadbirlari o'tkazilyapti

O'zbekiston Respublikai Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga yo'llagan murojaatnomadan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati IIBning 16.01.2021 yildagi viloyat hududida osoyishtalikni ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar dasturiga binoan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan, viloyat IIB Mvafrb xodimlari tomonidan
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 mart kunidagi 129-sonli "O'zbekiston Respublikasida indentifikasiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori talablari bo'yicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug'ilgan bolaga, O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga, respublika hududida doimiy yashovchi FBSh va Xflarga beligilangan namunadagi ID-karta berilishi yuzasidan haro'bir hududda targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda yangi kartalar o'z egalariga topshirilmoqda. 23 fevral kuni viloyat IIB Mvafrb ma'muriy binosining fuqarolarni qabul qilish zalida Termiz shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyining 16 yoshga to'lgan 5 nafar tarbiyalanuvchilari nomiga rasmiylashtirilgan ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. Ularni rasmiylashtirish jarayonlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech