15 Mart 2023 yil 196

Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprel kunidagi  PQ-232-sonli Qaroriga asosan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlarini Respublikamiz hududidagi tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish va sayohat davomida ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha Xalq ta’limi mas’ullari o‘rtasida sayohatga olib chiqish bo‘yicha tayyorlangan tarqatma bukletlar tarqatilib, targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli ma’lumotlar berib borilmoqda.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech