20 Mart 2020 yil 1057

Ichki turizm xavfsizligi ta'minlanishidan mamnun bo'lishdi

Mamlakatimizda keyingi yillarda yuz berayotgan mislsiz yangilanishlar jarayonida mamlakatimiz o'zining boy tarixiy obidalari, go'zal va betakror tabiat manzaralari, shifobaxsh suvlari-yu, so'lim go'shalari bilan dunyo ahlini o'ziga rom etib, xorijlik sayyohlarga o'z bag'rini ochmoqda.

Yurtimizda bunday ulkan o'zgarishlar asnosida jahonning turli hududlaridan kelayotgan mehmonlar uchun turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklarni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida belgilangan vazifalari ijrosini o'z vaqtida va yuqori darajada ta'minlash orqali 2020 yilda yurtimizga keladigan turistlar soni 7,5 millionga, 2025 yilga borib esa 12 millionga etkazilishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi "ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash to'g'risida"gi 669-sonli qarori talablariga asosan Termiz shahrida joylashgan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 56 nafar o'qituvchi va o'quvchilarini Samarqand shahriga sayohat uyushtirilganligi munosabati bilan ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi bilan shartnoma tuzilib, sayohat davomida jamoat tartibi, fuqarolar va yo'l harakati xavfsizligi ta'minlandi.

Sayohat davomida Samarqand shahrining madaniy meros ob'ektlari bilan tanishib, mamlakatimiz tarixiy obidalarini ziyorat qilgan o'qituvchi va o'quvchilar xodimlarning xizmatidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech