Ichki ishlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5590-son Farmoni hamda 2020 yil 12 noyabrdagi "tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4891-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2021 yil 19 fevral kundagi "ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkibni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risida"gi tegishli buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasi tizimidagi tibbiy muassasalari biriktirilgan tarkibga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, davolash va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida o'tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko'rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarida erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Markaziy tibbiy muassasalarini malakali mutaxassislari ishtirokida viloyat ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a'zolari hamda ishchi va xizmatchilarini 2021 yilning 15-17 mart kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi.
Tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikda, O'zbekiston Respublikasi IIV tibbiyot boshqarmasi, IIV Markaziy gospitali va IIV Markaziy poliklinikasining malakali mutaxassislari travmatolog-ortoped, urolog, xirurg, terapevt, pulmonolog, ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, UTT va rentgenolog shifokorlari tomonidan tibbiy tekshiruv o'tkazilib, bemorlarda aniqlangan kasalligi bo'yicha davolanish tavsiyalari berildi.
Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan og'ir bemorlar, xizmat vaqtida tan jarohati olib va sog'ligi tufayli nogironlik olgan xodimlar va pensionerlarning yashash manziliga borib holidan xabar olinib, kerakli tavsiyalar berildi hamda dori darmonlar bilan ta'minlandi.
Tadbir davomida vazirlik tibbiyot boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari va pensionerlari bilan davra suhbati tashkil etilib, tizimdagi tibbiyot xizmatni tashkil etish masalalarida ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularga ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya va sanatoriy-kurort ta'minotini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati