Ichki ishlar xodimlari navbatdagi unvonni olish uchun o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat beriladi
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 5076-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosarining 2021 yil 03 iyun kunidagi "ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish tug'risida" chiqarilgan farmoyishida ichki ishlar organlarida uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish ko'rsatilgan bo'lib, joriy yilning 14 iyun kunidan 24 iyun kuniga qadar xizmatdan ajralmagan holda masofaviy, ya'ni IIV malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim platformasida navbatdagi kapitan unvonlarini oldigan xodimlar bilan o'quv yig'inlarini o'tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 14 iyun kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimi kapitan u.Normamatov hamda IIV malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari mayor F.T.Klichevlar ishtirokida masofaviy, ya'ni "Offline" tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
Joriy yilning 14 iyun kunidan 24 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun maxsus malaka oshirish kurslari bo'yicha "Offline" tizimida tashkil etilgan o'quv kursining maqsadi – xodimlarning bazaviy huquqiy, kasbiy bilimlari va amaliy ko'nikmalarini oshirishdan iborat.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomada o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng ushbu mavzu bo'yicha umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so'rovnomalarga batafsil javob berishlari hamda o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati