15 Noyabr 2021 yil 450

Ichki ishlar xodimlari ham loyihada faollik ko'rsatishmoqda

Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan "Yashil makon" loyihasi doirasida Jarqo'rg'on tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Ular tomonidan tuman ichki ishlar bo'limi yer maydoniga manzarali daraxt ko'chatlari ekilgan bo'lsa, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari Sh.Allamurodov boshchiligida o'z xonadonlarida ham manzarali hamda mevali daraxt nihollarini ekib "Dolzarb 40 kunlik" daraxt ekish aktsiyasida qatnashmoqdalar.
Jarqo'rg'on tumani bo'ylab "Yashil makon" loyihasi doirasida turli soha vakillari ham ishtirok etib, tashkilot-u muassasalar, xonadon-u yo'l yoqalarida turfa xil daraxt ko'chatlari-yu butalarni qadab, yashil makon yaratishga o'z hissalarini qo'shmoqdalar. "Dolzarb 40 kunlik" daraxt ekish akyiyasi tuman bo'ylab davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech