30 Iyun 2020 yil 620

Ichki ishlar xodimidan muomala, intizom, bilim va kasbga muhabbat talab etiladi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi mas'ul xodimlari tomonidan xizmat intizomiga rioya qilish masalasiga bag'ishlangan galdagi uchrashuv 2020 yilning 25-26 iyun kunlari Surxondaryo viloyatining uzun, Sariosiyo, Denov hamda Oltinsoy tumani ichki ishlar organlari xodimlari va ularning ota-onalari, oila a'zolari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.
Mazkur uchrashuvda eng asosiy masala ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va Qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, xodimlar bilan bog'liq salbiy holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan tamagirlikka yo'l qo'ymaslik masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan boshqarma boshlig'i A.S.Ismoilov, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, bunda ichki ishlar sohasini xalq manfaatlariga o'z vaqtida va sifatli yordam ko'rsatadigan, har bir xodim ichki ishlar organlari xizmatiga kirish oldidan qilgan qasamyodiga sodiq qolgan holda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta'minlash yo'lida sadoqat bilan xizmat qilishi zarurligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, xodimlar tomonidan yo'l qo'yib kelinayotgan kamchiliklar, xususan xizmat intizomiga rioya etmaslik, o'ziga yuklatilgan vazifalarga mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo'lish, eng achinarlisi, turli ko'rinishdagi tamagirlik, zo'ravonlik va boshqa jinoyatlar sodir etilayotganligi qattiq tanqid ostiga olinib, har bir ichki ishlar organlari xodimlari ilmiy hamda badiiy kitoblar o'qib o'zining bilim darajasini yanada oshirishlari ta'kidlandi.
Shuningdek, har bir ichki ishlar organi xodimlarining oila a'zolari bilan suhbat o'tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, tuman hokimlari ko'magida ularning ijobiy echimini echish bo'yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida, hamkasblariga o'rnak bo'lib, ijobiy natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlarga ichki boshqarmasi boshlig'ining faxriy yorlig'i va ularning ota-onalariga tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Vohada ichki ishlar organlari xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari o'rtasida uchrushuvlar davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech