Ichki ishlar vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Komissiyasi hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.
Komissiya tomonidan hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan “Ishchi guruh”larning faoliyati tanqidiy o‘rganilmoqda.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyul kunidagi 6257-son Farmoni va 2021 yil 6 iyuldagi 5177-son hamda 2022 yil 12 yanvardagi 81-son Qarorlari talablarining ijrosi;
hududiy ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olish qaratilgan ichki ishlar vazirining 2021 yildagi 56-son buyrug‘i hamda ko‘rsatmalari talablarining ijrosi;
ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturining ijrosi;
ichki ishlar organlari xodimlariga “Halollik vaksinasi”ni singdirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning ahvoli.