9 Aprel 2022 yil
496
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari “Termiz” Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida bataloni harbiy qismiga tashrif buyurdi.
Joriy yilnnig 8-aprel kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Yu.Mirzaraximov “Termiz” Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida bataloni harbiy qismiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Vazir o‘rinbosari butun shaxsiy tarkib bilan suhbat olib bordi. Suhbat mobaynida 2022 yil “Yosh askarlari”ni Vatanga qasamyod oldidan tabriklab o‘tdi hamda ularning kelgusidagi mashaqqatli va shu bilan birga sharafli xizmatlari oldidan zafarlar tiladi. “Askarlari baquvvat el-qudratli bo‘lur, qudratli elning-askarlari baquvvat bo‘lur” degan shiorni yodga soldi.
So‘ngra, butun shaxsiy tarkibga bugungi kundagi vaziyatlar hamda noxush va taxlikali holatlarning oldini olishga qaratilgan harbiy xizmatchilarning vazifalari haqida gapirib, shaxsiy tarkibning jangovar, jismoniy tayyorgarligi va siyosiy bilimlarini oshirish, mintaqamizda va xorijiy mamalakatlardagi (Rossiya va Ukraina misolida) bugungi siyosiy vaziyatlarning o‘zgarishlari, shuningdek, o‘lkamizda kechayotgan tinchlikni doimo ushlab turishda ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni va roli haqida alohida takidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, harbiy qismda harbiy xizmatchilarga ajratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.
Jumladan, muddatli harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari, askarlar oshxonasidagi ovqatlanish tartibi va oziq-ovqatlarning sifati, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot punktining zamonaviy jihozlar bilan jihozlanganligi, harbiy texnikalarning jangovar shayligi, navbatchilik qismining har qanday vaziyatlarga doimiy tayyorligi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy o‘quv xonalarining yangi texnologiyalar bilan ta’minlanganligi, o‘quv moddiy bazalari, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlari, kutubxonani adabiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilganligini ko‘zdan kechirib, qism qo‘mondonligiga qilinishi lozim bo‘lgan qo‘shimchalar yuzasidan kerakli bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif so‘ngida, vazir o‘rinbosari barcha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmat davomiyligida ulkan zafarlar, shuningdek, har bir harbiy askar oldiga qo‘ygan maqsad yo‘lidan og‘ishmay xizmat qilishlarini eslatib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati