8 Aprel 2022 yil 436

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, chegara hududlardagi aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general mayor B.Yu.Mirzaraximov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podvolkovnik I.N.Tursunov, Termiz tumani IIB boshlig‘i O‘.Yo.Mustafaqulovlar Termiz tumani “Gulbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosida, “Gulbahor” mahalla raisi, profliktika inspektori, mahalla raisi o‘rinbosari hamda mahalla yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning ish faoliyatini o‘rgandi va tegishli takliflarini bildirdi.
Ushbu mahalla Afg‘oniston va Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh bo‘lganligi uchun chegara hududning masofalari hamda chegara oldi hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng mahalla raisi va mahalla faollariga aholini tomorqalardan unumli va samarali foydalanishi, tomorqa xo‘jaliklarida issiqxonalarni ko‘paytirish, chorvachilik va tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rishni ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general mayor B.Yu.Mirzaraximov “Gulbahor” mahalla profilaktika inspektorining xizmat uyiga borib, yashash sharoitini o‘rgandi va profilaktika inspektorining oila a’zolari bilan yaqindan suhbatlashdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Surxondaryoga tashrifi davomida, vohaning eng olis va chegara hududlari hisoblangan Sariosiyo hamda Uzun tumanlarida ham bo‘lib, ichki ishlar bo‘limi binosi va Navbatchilik qismlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tumanlarda, O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi davlat chegara postida bo‘lib, u yerdagi yo‘lovchi va aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Chunonchi, Sariosiyo tumani Shirin mahalla profilaktika inspektori katta leytenant F.Yo‘ldoshev hamda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Qudratovning yashash xonadonlarida bo‘lib, ushbu xonadon egalari bilan davlatimiz rahbari tomonidan oila daromadini yaxshilash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar hususida so‘z yuritib, o‘zining taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uzun tuman Xatib Qahramon mahallasi hududida joylashgan harbiy bo‘linma va u yerdagi harbiy samalyotlarning imkoniyatlari bilan tanishdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Uzun tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, profilaktika katta inspektorlari bilan qilingan suhbat asnosida ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati va IIV tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida yaratib berilayotgan shart sharoitlar, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt jilovlash yo‘lida mahalla raisi hamda jamoatchilik vakillari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, ijobiy yechimini hal qilish choralarini ko‘rish borasida topshiriqlar berib o‘tdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Yu.Mirzaraximovning Surxondaryodagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech