29 May 2021 yil 627

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Uzun va Sariosiyo aholisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 27 may kuni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari general-mayor Shuxratjon Sobirov uzun tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tumanning "yangi ro'zg'or" mahallasi Nurafshon ko'chasida yashovchi aholi bilan uchrashib, ularning muammolari hamda turmush tarzini o'rgandi. Uchrashuv davomida mahallada yashovchi nuroniylar hamda fuqarolar hozirgi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Shundan so'ng, vazir o'rinbosari o'tkir Raximovning yashash xonadonida bo'ldi va xonadon hovlisidagi uzum bog'ini ko'zdan kechirdi.
Tumanning "Yoshlik" mahallasida aholi bilan bo'lgan uchrashuvda ham odamlarning muammolari o'rganildi. Gulshan Roziqova 15 yildan buyon ushbu mahallada yashashligini, ammo hozirgi kunga qadar "fuqaroligi bo'lmagan shaxs" sifatida yashab kelayotganligini, fuqarolik olish uchun hujjat topshirib, javob ololmayotganini bildirdi. Vazir o'rinbosari tomonidan ushbu muammoni hal etilishi yuzasidan uzun tumani IIB boshlig'i podpolkovnik M.Ishkaraevga ushbu fuqaroning hujjatlari o'rganilib, qonuniy asosda zudlik bilan ijobiy hal etib berilishi bo'yicha topshiriq berildi.
Yana ichimlik suvi uchun qo'shimcha bunker o'rnatilishi, 1-,2 - hamda 8-uylar oldidagi bo'sh turgan maydonga bolalar uchun o'yingoh barpo etilishi bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Suhbat jarayonida mahalla ahli "Yoshlik" mahallasida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, katta leytenant o.Shoimovning xizmatidan rozi ekanliklarini, tunu kun olib borayotgan xizmatidan minnatdor ekanliklarini bildirishdi. Vazir o'rinbosari general-mayor Sh.Sobirov tomonidan profilatika inspektori, katta leytenant o.Shoimovni rag'batlantirish bo'yicha topshiriq berildi.
Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari general-mayor Sh.Sobirov O'zbekiston Respublikasi DXX raisi 1 o'rinbosari polkovnik G'.Yoziev bilan birga Sariosiyo tumanidagi Feruz hamda Gulobod mahallalarida ham bo'ldi va u erdagi profilaktika inspektorlarining ish faoliyatini o'rganilib, xizmat uylariga tashrif buyurildi.
Shuningdek, 3-sektor faoliyati ham ko'zdan kechirildi. Sektor shtabida ishchi guruh hamda fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar ham nazardan chetda qolmadi. Tuman IIB boshlig'i u.Mustafoqulov 2020 yil va 2021 yil 4 oyi davomida sodir etilgan va oldi olingan jinoyatlar tahlili bo'ycha batafsil ma'lumot berdi.
So'ngra, tuman madaniyat uyida uyushmagan yoshlar va tuman aholisi bilan sayyor qabul tashkil etilib, aholining 20 dan ortiq murojaati tinglandi. Murojaatlarning aksari ijobiy hal qilinish choralari Ko'rildi.
Tashrif buyuruvchilarning tuman yoshlari bilan uchrashuvida o'g'il-qizlar Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish, muddatli harbiy xizmatga ketish, uy-joy va ishga joylashish, kiredit olish va tadbirkorlik qilish masalasida murojaat qilishdi.
Uchrashuvga 55 nafar ichki ishlar organlari profilaktika hisobida turgan va 30 nafar uyushmagan yoshlar ham jalb qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech