Ichki ishlar vaziri o'rinbosari boysunliklar bilan uchrashdi
Joriy yilning 29 may kuni Boysun tumanidagi 1 son kasb-hunar maktabida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari general-mayor Sh.Sobirov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o'rinbosari G'.Yozievlar yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarida aks etgan muammo va takliflari o'rganildi.
Tadbirda 50 nafardan ziyod yoshlar va uyushmagan yoshlar hamda tumandagi mutasaddi tashkilot, korxona rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ish bilan ta'minlash, moddiy yordam ko'rsatilishi, chorva mollarini boqish uchun yaylov ajratilishi, ichki yo'llarni ta'mirlash, fuqarolik pasporti olish, kadastr, ichimlik suvi shuningdek, sog'ligidan shikoyat qilgan fuqarolar davolanish uchun amaliy yordam ko'rsatilishi yuzasidan murojaatlar eshitilib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishliligi bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati