17 Iyun 2022 yil 312

Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari yoshlar festivalida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 maydagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festival va forumlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarini yosh xodimlarini umummilliy maqsad - “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lida yagona kuch sifatida birlashtirish maqsadida, joriy yilning 17-18 iyun kunlari Termiz shahrida o‘tkazilishi belgilangan “Yoshlar festivalida” Surxondaryo viloyati IIO yosh xodimlari ham ishtirok etmoqda. Festival shahrimizning ko‘ngilochar San’at saroyi bog‘ida tashkil etilib, unga tashrif buyurgan yosh xodimlar milliy qadryat va urf odatlarimizni aks ettiruvchi bayramona bezatilgan sahnalarda bo‘lishib, festival doirasida tashkil etilgan konsert, turli sahna ko‘rinishlarini tomosha qilishdi. Eng muhimi Ichki ishlar organlarining yoshlari ushbu festivalda jam bo‘lgan voha yoshlari bilan hamjihat ekanliklarini namoyish etishdi. Mazkur festival doirasidagi tadbirlar 18 iyun kuni ham davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech