3 Noyabr 2021 yil 561

"Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv-kar'era jarayoni tizimi bo'yicha o'quv yig'inlari davom etmoqda"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "Ichki ishlar organlari uchun profesional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 5076-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan 2021 yil 3 iyun kuni "Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv-kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish to'g'risida" chiqarilgan farmoyishida ichki ishlar organlarida uzluksiz o'quv-kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 1 noyabr kunidan 11 noyabr kuniga qadar xizmatdan ajralmagan holda masofaviy, ya'ni IIV malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim platformasida navbatdagi kapitan maxsus unvonini oladigan jami 41 nafar xodimlar bilan o'quv yig'inlarini o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, joriy yilning 1 noyabr kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda viloyat IIB kasbiy tayyorgarlik bo'limi boshlig'i ishtirokida masofaviy, ya'ni "offline" tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi kapitan maxsus unvoni berish uchun maxsus malaka oshirish kurslari bo'yicha "offline" tizimida tashkil etilgan o'quv kursining maqsadi – xodimlarning bazaviy huquqiy va kasbiy bilimlari hamda amaliy ko'nikmalarini oshirishdan iborat.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomada o'quv kurslariga jalb qilingan jami 41 nafar tinglovchilarga IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng ushbu mavzu bo'yicha umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so'rovnomalarga batafsil javob berishlari hamda o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech