12 May 2023 yil 213

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi         PQ-5050-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil           11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son va viloyat IIBning 2023 yil               29 aprel kunidagi 39-son farmoyishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida 2021 yil aprel oyida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 12 may kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Shoir va jurnalistlar bilan “Davra suhbati”  va “She’riyat kechasi” tashkil etildi.

Unda viloyat IIB Yoshlar yetakchisi kapitan B.Qurbonaliev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i taniqli shoir M.Ollamurodov, yozuvchilar uyushmasi a’zosi Q.Akramov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari, Termiz shahar IIB, Surxondaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda IIV XAXTQ “Termiz xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari” alohida bataloni xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida 2021 yil aprel oyida kuni imzolangan memorandum ijrosi yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonilan o‘tgan 2 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan tomonlarning maruzalari tinglandi.

Shundan so‘ng davra suhbatlari she’riyat kechasiga aylanib ketdi tadbir mehmonlari bo‘lgan shoirlar tomonidan o‘qilgan vatanparvarlik, hajviy yo‘nalishdagi she’rlar tadbir ishtirokchilariga kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek tomonlarning hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan taklif, fikr va mulohazalari tinglandi. Bu kabi tadbirlar “Ma’naviyat oyligi” doirasida tumanlar miqyosida ham davom ettirilishi belgilandi.

Text to speech