16 May 2023 yil 184

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz”  shiori ostida o‘tkazilayotgan  "Ma’naviyat oyligi" doirasidagi turli tadbirlar Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

 Faxriylar kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda tuman IIB Faxriylar kengashi vakillari hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, xizmat olib borayotgan xodimlarga o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishlarini, bugungi zamonaviy imkoniyatlar, sharoitlardan unumli foydalanib, jinoyatchilikni kamayishiga hissa qo‘shishlarini uqtirdilar.

Shundan so‘ng boshqarma shaxsiy tarkibi Termiz shahridagi adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxonada bo‘lishib, u yerdagi kitoblar bilan tanishishdi. Kutubxonadagi mavjud zamonaviy qulayliklardan foydalanish kitobxonlar uchun qulaylik yaratayotganiga guvoh bo‘lishdi. Xodimlar o‘zlariga kitob tanlashib, biroz mutolaa bilan ham band bo‘lishdi.

 “Ma’naviyat oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazishni tashkillashtirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish jarayonida shaxsiy tarkib o‘rtasida “Kitobxonlik  haftaligi”, “Teatr va kino haftaligi”, “Zakovat”, “Kodeks bilimdoni”, “Uch avlod uchrashuv”, “yozuvchi-shoirlari bilan birgalikda davra suhbati”, “Sport” o‘yinlari, “Nuroniylar” holidan habar olish, kabi tadbirlar rejalashtirilgan.   

Xulosa o‘rnida Xodimlarni “Ma’naviyat oyligi” davomida bilim saviyasini oshirish, vatanga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish, jismonan sog‘lom muhitni yaratish kabi holatlarni ko‘paytirish

Text to speech