2 Aprel 2022 yil
584
Ichki ishlar organlarida, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konseptsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 2 aprel kuni soat 10-00da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i general-mayor A.I.Ikramov huzurida videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konseptsiyasining yutuqlari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy-anjuman hamda 2022 yilda sohani jadal rivojlantirishga oid vazifalar hamkor tashkilot va idora vakillari bilan hamkorlikda belgilab olindi. Yig‘ilish davomida, joriy yilning 2 aprel sanasidan 2 may sanasiga qadar Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida, “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB studiyasidan ishtirok etayotgan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, boshqarma sohaviy xizmat rahbar va xodimlari, hamkor tashkilot va idora vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijalariga ko‘ra erishilgan yutuqlar, bilan bir qatorda kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Videoselektor yig‘ilishi yakunida, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida ichki ishlar organlari bilan yaqindan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan tashkilot va idora vakillariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati