10 Avgust 2021 yil 730

Ichki ishlar organlari xodimlarining o'quv-karerasi jarayonini oshirish hamda xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun masofaviy "Online" tarzidagi o'qish o'tkazilmoqda.

O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 5076-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan 2021 yil 3 iyun kuni "ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish to'g'risida" chiqarilgan farmoyishida ichki ishlar organlarida uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish ko'rsatilgan bo'lib, joriy yilning 2 avgust kunidan 21 avgust kuniga qadar IIV malaka oshirish institutining hududiy filiallarida uch xaftalik maxsus kasbiy tayyorgarlik dasturi asosida xizmatdan ajralmagan holda masofaviy "Online" tarzda o'quv yig'inlarini tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 2 avgust kuni navbatdagi "podpolkovnik" maxsus unvonini oladigan jami 9 nafar viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, IIV malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari mayor F.Klichev hamda hududiy filiallarda o'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlar ishtirokida IIV malaka oshirish intituti rahbariyati tomonidan masofaviy, ya'ni "Online" tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomasida o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng, IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti mas'ul xodimlari ishgtirokida sinovlar qabul qilinishi hamda o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.
Viloyat ichki ishlar organlarining jami 9 nafar navbatdagi "podpolkovnik" maxsus unvonini oladigan xodimlarga uzluksiz o'quv-karera tizimida o'quv jarayonlari davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o'quv dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan masofaviy, ya'ni "Online" tizimida dars mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech