Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2020 yilning 27 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 06 may kunidagi VM-375-sonli qarori asosida, harakatdagi xodimlarning farzandlariga Davlat Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlari uchun imtiyozli tavsiyanomalarni tantanali topshirish maqsadida tadbir tadbir tashkil etildi.
O'tkazilgan mazkur tadbirda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Shuhrat Bo'ronov ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020 yil 30 aprel kunidagi tegishli buyrug'i bilan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlarning farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi.
Tadbir yakunida, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.Bo'ronov davlatimiz rahbari tomonidan berilgan bunday imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanishlari borasida o'z taklif va tavsiyalarini berib, o'quvchi yoshlarning kelgusidagi o'qishlariga omadlar tiladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati