18 Aprel 2021 yil 644

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun sayyor o'quv yig'ini tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida o'tkazilgan ichki ishlar vazirligi Hay'atining 2021 yil 12 fevraldagi kengaytirilgan yig'ilishi 8-son bayoni 45-bandi va O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar vazirligi, favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va sudyalar oliy Kengashining 2021 yil 10 aprel kunidagi qo'shma qaroriga asosan, ichki ishlar organlari tizimidagi profilaktika inspektorlarini xizmatdan ajralmagan holda "shahar inspektori" va "qishloq inspektori" modellari asosida ikki bosqichda bazaviy kasbiy va chuqurlashtirilgan o'quv yig'inlarini o'tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 17 aprel kuni viloyatning Termiz shahrida hamda Qumqo'rg'on tumanida IIV Akademiyasi, IIV malaka oshirish instituti, Milliy gvardiya harbiy texnika instituti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o'qituvchilari, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari mayor M.P.Bozorov, IIV malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari mayor F.T.Qlichev hamda viloyat ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari ishtirokida sayyor o'quv yig'ini oldi uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan IIV Akademiyasi katta o'qituvchisi podpolkovnik Z.Sh.Shoumarov hamda IIV malaka oshirish instituti katta o'qituvchisi podpolkovnik B.B.Turg'unbaevlar o'quv yig'inida davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 12 fevralda ichki ishlar vazirligi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishida ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hamda idoraviy-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotganligi hamda bugungi kunda soha xodimlari oldiga qo'yilayotgan asosiy talablarni atroflicha tushuntirishdi.
Shuningdek, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari mayor M.P.Bozorov sayyor o'quv yig'ini tinglovchilariga aholi o'rtasida huquqbuzarlikning har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan samarali ishlarni amalga oshirish har bir profilaktika inspektorining asosiy vazifasi ekanligiga to'xtalib, o'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlar tomonidan tasdiqlangan mavzularni to'liq o'zlashtirishlari, o'quv-xizmat intizomiga qat'iy amal qilishlari hamda bazaviy kasbiy va chuqurlashtirilgan o'quv yig'inlari so'ngida yakuniy imtihonlarni yuqori ko'rsatkichlar bilan topshirish lozimligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech