Ichki ishlar organlari xodimlari san'atdagi mahoratlarini namoyon etishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontsepsiyasi, Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!"shiori ostida "san'atda havaskor iste'dodlar" Respublika ko'rik tanlovini o'tkazish to'g'risidagi hamda boshqarma boshlig'ining 2021 yil 7 avgustdagi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!"shiori ostida "san'atda havaskor iste'dodlar" respublika ko'rik tanlovining hududiy saralash bosqichini o'tkazish to'g'risida farmoyishlarining ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar orasidan milliy qo'shiqchilikdagi maqom, baxshichilik va estrada yo'nalishlaridagi san'atsevar havaskor iste'dod sohiblarini aniqlash, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarish va munosib ravishda rag'batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan ko'rik tanlovning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Ko'rik tanlov san'atning baxshichilik, zamonaviy estrada, musiqiy cholg'u yo'nalishida milliy musiqa cholg'u asboblari, klassik musiqa cholg'u asboblari hamda zamonaviy musiqa cholg'u asboblari yo'nalishlarda ichki ishlar organlari xodimlari o'zlarining mahorat va san'atlarini namoyon etgan holda tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo'lishdi.
Musiqa va san'atga bag'ishlangan ko'rik tanlov qizg'in baxslarga boy tarzda o'tdi.
Tanlovda ishtirokchilarni O'zbekiston Xalq baxshisi S.Shaydilov, "Do'stlik" ordeni sohibi B.Jumaev hamda yoshlar festivalining baxshichilik yo'nalishi g'olibi Sh.Egamberdievlar baholab borishdi.
Tanlov yakunlariga ko'ra "baxshichilik" yo'nalishida mayor J.Xodjaqulov, "klassik musiqa cholg'u asboblari" yo'nalishida katta leytenant P.Abdunazarov, "milliy musiqa cholg'u asboblari" yo'nalishida katta leytenant E.Zoirov, "zamonaviy musiqa cholg'u asboblari" yo'nalishida safdor F.Pardaev hamda "zamonaviy estrada" yo'nalishida katta leytenant B.Qubonalievlar mazkur yo'nalishlarda faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib tanlovning Respublika bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldilar.
G'oliblar boshqarma boshlig'ining 1-darajali diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati