30 Iyul 2021 yil 370

Ichki ishlar organlari xodimlari salomatligini ta'minlash uchun tibbiyot bo'limida tezkorlik amaliyoti yo'lga qo'yilgan

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi "ichki ishlar organlarida koronavirusga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoyishi ijrosini tashkillashtirish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Farmoyishga asosan viloyat IIB tibbiyot bo'limiga qabulga kelayotgan har bir ichki ishlar organlari xodimlari tibbiyot bo'limiga kirib kelishlarida ularning tana haroratlari o'lchanib, tashkil etilgan filtrda mutaxassis shifokor tomonidan ko'rrikdan o'tib, lozim bo'lganda filtr xonani o'zida xodimlardan COVID-19 ga PZR testi olinmoqda.
Tibbiyot bo'limi poliklinikasida ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat ko'rsatishda tezkorlikni ta'minlash hamda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tibbiy maslahatlar berilishini yo'lga qo'yish maqsadida kunu-tun uzluksiz faoliyat olib borish uchun "Call centre" tashkil etilib, "Call centre" 2 ta telefon aloqasi o'rnatilgan bo'lib telefon raqamlari viloyat IIB sohaviy-xizmatlari, mustaqil bo'limlari, shahar va tuman IIBlari, Termiz shahar va Denov tuman IIO va Fmblari, TXTB, 9-son th, 41-JIEMK va 7257-harbiy qism navbatchilik qismlariga etkazilgan bo'lib, "Call centre"ga tor mutaxassis shifokorlar va umumiy amaliyot shifokorlardan ishchi guruhlar tuzilib navbatchilik tashkil etilgan.
Navbatchilikda turgan har bir tibbiyot xodimlariga kasallikning oldini olish profilaktikasi, davolanish bo'yicha standartlarga mos ravishda dori-darmon masalalari bo'yicha to'liq ma'lumot berishligi to'g'risida yo'riqnoma berilgan.
"Call centre"da ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan telefon orqali qilingan murojaatlar bo'yicha alohida jurnal tashkil etilib, har bir qilingan murojaatlar jurnalga rasmiylashtirilib boriladi.
Koronavirus bilan kasallangan ichki ishlar organlari xodimlarini uy sharoitlarda tibbiy xizmatni tashkil etish bo'yicha boshqarma tibbiyot bo'limi poliklinikasida 4 ta mobil guruhlari tuzilib, har bir mobil guruhlariga umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat bo'lgan brigadalar biriktirilib, bemorlar ahvolidan xabar olinib maxsus dori-vositalari etkazilishi tashkillashtirilgan, zarur hollarda bemorlarni maxsus shifoxonalarga joylashtirish choralari ko'rilmoqda.
Koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlari tibbiyot bo'limi poliklinikasida sanitariya qoidalariga mos keladigan xonalarda amalga oshirilishi yo'lga qo'yilgan.
Kovid jamlanmasi bo'yicha dorilar murojaat qilganlarga buyurilib 7 xil dori darmonlardan tashkil topgan 50 ta kovid jamlanmasi zahira sifatida tashkil etildi. Bundan tashqari virusga qarshi dori vositalar va vitaminlar zahirasi mavjud.

 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech