21 Avgust 2021 yil 473

Ichki ishlar organlari xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida faollik ko'rsatishmoqda

Bugun 21 avgust erta tongidan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining barcha shaxsiy tarkibi ham hukumatimizning tegishli farmoyishi talablari asosida, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yurtimiz bo'ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "mahallalarni obodonlashtirish" oyligi doirasida umumxalq xayriya hasharida faollik ko'rsatishmoqda.
Bunda ko'cha va xiyobonlar, ma'muriy binolar atoroflariga suv sepilib, supirilmoqda, yovvoyi o't-o'lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakl berilib, ularning taglari yumshatilib, ohak eritmasi yordamida oqlash ishlari amalga oshirilayapdi.
Umumxalq xayriya hashari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarida ham uyushqoqlik bilan o'tkazilishi davom etib unda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o'z faolliklarini ko'rsatishayapdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech