11 Oktyabr 2022 yil 478

Ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida, IIV Surxondaryo Akademik litseyida faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022 yil 28 sentabrdagi “Ichki ishlar organlirida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Surxondaryo Akademik litseyida Ichki ishlar organlari Faxriylari hamda o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ko‘p yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriy ustoz, iste’fodagi polkovnik Sattorov Abdug‘ofur Xamidovich ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga o‘zining hayotiy tajribasi davomida ko‘rgan kechirganlari haqida so‘zlab, har bir o‘quvchi yoshlar o‘z ustida muntazam ishlashi zarurligi, xorijiy tillarni mukammal tarzda o‘rganishlari ta’lim muassasasida o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga so‘zsiz amal qilishlari shartligini ta’kidlab, bugungi kunda yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, eng ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilgan Ichki ishlar organalari faxriylari va Akademik litseyi faol o‘quvchi yoshlar, iste’fodagi polkovnik Abdug‘ofur Sattorov qalamiga mansub kitoblar, Ichki ishlar vazirligi faxriysi ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech